Jamiyat
Joriy yilning 15-avgustida “Koʻp kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–278 Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, respublikadagi chegaralari belgilanmagan koʻp kvartirali uylarning tutash yer uchastkalari chegaralari belgilanib, “YERELEKTRON” axborot tizimiga kiritiladi.
2024-yil 1-yanvardan:
– koʻp kvartirali uylardagi koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlar notariuslar tomonidan mulkdorning majburiy badallar yoki toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi mavjud emasligi tekshirilgandan keyin tasdiqlanadi;
– majburiy badallarning yoki toʻlovlarning eng kam miqdori Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadi;
– agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) va koʻp kvartirali uylarga tutash hududlarni tozalashdan hosil boʻlgan chiqindilarni maishiy chiqindilarni toʻplash punktlarida yoki chiqindilarni olib chiqib ketish operatorlari bilan kelishilgan maxsus joylarda yigʻishga ruxsat etiladi.
Shirkatlar va boshqaruvchi tashkilotlarning hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oldidagi qarzdorligi va ular uchun hisoblangan jarimalarning toʻlov muddati 2024-yil 1-oktyabrgacha kechiktiriladi.
Qaror bilan shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga quyidagi qoʻshimcha vakolatlar beriladi:
– koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik taʼminotidan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
– koʻp kvartirali uylardagi umumiy mol-mulk va ularga tutash yer uchastkalarida amalga oshirilgan taʼmirlash-tiklash ishlarining qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q