Jamiyat
Qoʻqon shahridagi banklardan birining mutaxassisi oʻzganing ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari yordamida, uning oʻgʻlini Qoʻqon davlat pedagogika institutiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. U ushbu pul mablagʻini mazkur oliy taʼlim muassasasida dekan lavozimida ishlovchi shaxsga berishi kerakligi aniqlandi va u ham pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi, deyiladi UzA eʼlon qilgan xabarda.
Xabarga koʻra, Fargʻona shahridagi xususiy universitet direktorining oʻrinbosari fuqaroni Qirgʻiz Respublikasi Oʻsh davlat pedagogika universitetidagi oʻqishini Chirchiq davlat pedagogika institutiga koʻchirib berish evaziga 2,5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, Urganch tumanida yashovchi shaxs oʻzganing ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari yordamida uni Urganch davlat universitetining Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 3,5 ming AQSH dollari olgan vaqtida qoʻlga olingan.
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
112166
Jamiyat
94848
Jamiyat
90920
Jamiyat
75705
Jamiyat
//
Izoh yo‘q