Siyosat
23-avgust kunining ikkinchi yarmida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va rafiqasi hamrohligida Shusha shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishdilar.
Maʼlumot uchun, Shusha “Qorabogʻ durdonasi”, “Kavkaz sanʼati markazi” va “ozarbayjon musiqasi beshigi” nomlari bilan maʼlum. Shahar bir qator taniqli fan, madaniyat va sanʼat arboblari vatanidir. 2021-yildan buyon Shusha Ozarbayjonning madaniy poytaxti hisoblanadi, 2023-yilda esa turkiy dunyo madaniy poytaxti deb eʼlon qilingan.
Joriy yilda Xiva shahri va Shusha shahri oʻrtasida birodarlik aloqalari oʻrnatildi.
Prezidentning Matbuot xizmati xabar qilishicha, oliy martabali mehmonlar shahar bilan tanishuvni 1883-yilda barpo etilgan Soatli masjididan boshlaganlar. Soʻng Ozarbayjon umummilliy yetakchisining yuz yillik yubileyiga bagʻishlab oʻtkazilgan “Haydar Aliyev va Qorabogʻ” fotokoʻrgazmasiga tashrif buyurilgan.
Keyingi navbatda Oʻzbekiston tomoni katta qiziqish bilan shahar aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlab kelgan “Xon qizi” bulogʻi, Ozarbayjonning taniqli sanʼat arbobi Bulbulning uy-muzeyi, “Mehmondorovlar uyi” meʼmoriy yodgorligi hamda oʻtmishda otchoparlar oʻrtasida musobaqalar oʻtkazilgan mashhur Jidir tekisligi bilan tanishilgan.
Shu bilan Prezidentimizning Ozarbayjonga davlat tashrifi dasturidagi tadbirlar yakuniga yetib davlatimiz rahbari Toshkentga qaytgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q