Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo va Andijon boʻylab “Ma'naviyat festivali” boʻlib oʻtmoqda

Saqlash
08:01 / 24.08.2023 1339 0

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati va qator tashkilotlar hamkorligida joriy yilining 23-30-avgust kunlari Respublika boʻylab “Yangi hayot uchun Yangi Oʻzbekiston uchun” shiori ostida “Maʼnaviyat festivali” oʻtkazilishi rejalashtirilgan. 

 

Shu maqsadda targʻibotchilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Surxondaryo, Andijon viloyatlarida boʻlib turishibdi. Festival doirasida “Maʼrifat soatlari”, nuroniylar, mehnat faxriylari va yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvlari”, Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Mening ilk kitob javonim”, yoshlarimiz oʻrtasida milliy musiqa sanʼatimizning koʻp asrlik ijro yoʻllari, qadimiy tarixini keng targʻib qilish maqsadida “Milliy qoʻshiqlar va maqom”, “Vatan madhi”, “Baxshilar tarannumida” konsert-dasturlari, “Milliy qadriyatlar” kabi loyihalar tashkil etiladi.

 

Festivalni Nukus shahridagi “Yosh tomoshabinlar” teatrida oʻtkazilgan “Yangi Moʻynoq” kitob-albomi taqdimoti ochib berdi. 

 

Shundan soʻng Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi harbiy qismda, Angor tumani hududida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazida va Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Maʼrifat soati” boʻlib oʻtdi. Shu bilan birgalikda Oltinsoy tumanidagi “Obishr” mahallasida ham shu kabi tadbirlar davom etdi. 

 

Qoraqalpogʻistonning bir qancha hududlarida ham “Maʼrifat soati” tashkil etildi. Xususan Nukus harbiy qismda mazkur tadbir boʻlib oʻtdi.

 

Shuningdek Andijon viloyati Andijon tumanidagi 28-DMTT da "Mening ilk kitob javonim" loyihasi boʻlib oʻtdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//