Jamiyat
Talabalar oʻqishini xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMga koʻchirish boʻyicha oʻtkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalarini my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlari orqali bilib olishlari mumkin.
Talabalar oʻqishini xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMga koʻchirish boʻyicha oʻtkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari eʼlon qilindi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi.
OTM tomonidan taqdim etilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari test sinovi natijalari bilan birga hisoblanib, my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlariga joylashtirildi.
Oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻtkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar oʻz natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:
– my.uzbmb.uz saytining “Oʻqishni koʻchirish (xorijdan) Natijani olish”boʻlimidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda;
– mandat.uzbmb.uz saytining “Oʻqishni koʻchirish-2023” boʻlimi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda;
– Bilimni baholash agentligining quyidagi Telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“Oʻqishni koʻchirish 2023” boʻlimidan):
@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q