Jamiyat
Hukumat qarori bilan Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning malakasini oshirish (har 3 yilda kamida bir marta) Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Shunga koʻra, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari malaka oshirish muddati kelishidan 15 kun oldin Markazga xat yuboradi.
Markaz xat kelib tushgan kundan 5 kun ichida roʻyxatdan oʻtkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki uni rad etadi.
Oʻquv kurslarining eng koʻp hajmi 72 soatni tashkil qiladi.
Kurslar tamomlangach, roʻyxatdan oʻtkazuvchilar test sinovidan oʻtkazilib, testdan muvaffaqiyatli oʻtganlarga sertifikat beriladi.
Malaka oshirish davrida roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning ish joyi boʻyicha oʻrtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi.
Bundan tashqari, roʻyxatdan oʻtkazuvchilar har 3 yilda bir marta attestatsiyadan oʻtkaziladi (suhbat shaklida).
OTMni tugatgan va egallagan mutaxassislik boʻyicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik boʻyicha 2 yildan kam ishlagan boʻlsa, attestatsiyadan oʻtkazilmaydi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q