Madaniyat
Shoʻrchi tumani hokimligi mansabdor shaxslari oʻz vazifalariga loqaydlik va vijdonsizlarcha munosabatda boʻlishgani oqibatida madaniy meros obyektlariga 3,1 mlrd soʻmlik zarar yetkazilgan.
Jumladan, 2022-2023-yillarda:
– “M.” xususiy korxonasi rahbari X. M. va boshqalar “Yangiariq” mahallasidagi VII asrga oid “Jartepa” arxeologik yodgorligi hududida gʻisht ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib, 1,8 mlrd. soʻmlik;
– fuqaro E. M. va boshqalar “Katta Sovur” mahallasidagi VI-VIII asrlarga oid “Qorovultepa” arxeologik yodgorligi tuproqlarini kesib, molxona qurib olib, 693 mln. soʻmlik;
– fuqaro T. T. va boshqalar “Sourtepa” mahallasidagi I - V asrlarga oid “Savurtepa 2” arxeologik yodgorligi tuproqlarini kesib, molxona, hojatxona qurib, 670 mln. soʻmlik zarar yetkazilgan.
Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Madaniyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
110900
Jamiyat
94482
Jamiyat
90405
Jamiyat
74366
Jamiyat
//
Izoh yo‘q