Qashqadaryoda qadimiy qishloq xarobalari topildi

Saqlash
21:45 / 23.08.2023 1315 0

Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida joylashgan Xoʻja Ravshan obidasi hududidagi dala tadqiqotlari chogʻida qator arxeologik topilma va tuproq qatlamlari aniqlandi. Bu haqida Madaniy meros agentligi xabar berdi.

 



Qayd etilishicha, qazish ishlari mobaynida qishloq xarobalari orasidan Amir Temur davriga mansub 4 ta xona kashf qilingan. Maʼlum boʻlishicha, ushbu yodgorlik oʻrnida XIII-XIV asrlarda Qarshidan Buxoroga olib boruvchi gavjum aholiga toʻla karvon yoʻli joylashgan boʻlgan. Qishloqning bugungi kunda saqlanib qolgan qoldiqlarining maydoni 30 gektarni tashkil etadi.

 



Mutaxassislarning taxminlariga koʻra, oʻsha kezlari istiqomat qilgan ovul aholisi chigʻatoy davrining soʻnggi va Amir Temur zamonida madaniy jihatdan ancha taraqqiy etgan boʻlgan. Topilmalar orasida koshin, sirlangan sopol, metalldan yasalgan xoʻjalik jihozlari va boshqa noyob buyumlar bor. Tadqiqotchilar Amir Temur zamonida nafaqat shaharlar, balki qishloqlarda ham rivojlanish darajasi yuqori boʻlgani haqida dastlabki xulosalarga kelgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 243
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 56
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 91
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//