Madaniyat
Oliy darajadagi muzokaralardan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar.
Muzokaralarda madaniyat sohasidagi aloqalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Yaqinda Ozarbayjonda Oʻzbekiston madaniyati kunlari katta muvaffaqiyat bilan oʻtdi. Ushbu tadbirlar doirasida Bokuda oʻzbek mumtoz adabiyotining buyuk vakili Abdulla Qodiriyning ozarbayjon tiliga tarjima qilingan “Oʻtkan kunlar” romani taqdimot qilindi.
Madaniyat va kino kunlari, ijod va ilm-fan arboblarining uchrashuvlari muntazam oʻtkazib boriladigan boʻldi. Joriy yilda Oʻzbekistonda birinchi Oʻzbekiston-Ozarbayjon yoshlar forumi tashkil etiladi.
Yetakchilar Birlashgan Milliatlar Tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti, MDH, YEXHT, Qoʻshilmaslik harakati va boshqa koʻp tomonlama institutlar doirasida ham samarali muloqotni davom ettirishga ahdlashib oldilar.
- Bugungi muzokaralar strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga intilishimiz qatʼiy ekanini yana bir bor namoyish etdi. Saʼy-harakatlarimiz aniq natijalarga qaratilgan, - dedi Oʻzbekiston Prezidenti soʻzining yakunida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q