Oʻzbekiston va Ozarbayjon tomonidan Oliy davlatlararo kengash tuzildi

Saqlash
19:26 / 23.08.2023 1155 1

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻldi.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasida Oliy davlatlararo kengash tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar.

Bundan tashqari, tashrif doirasida davlatlar, hukumatlar va idoralar darajasida 15 ta hujjat qabul qilindi.

2023-2024-yillarda har tomonlama strategik sheriklikni chuqurlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”, energetika sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish toʻgʻrisida, yoshlarga oid siyosat va sport sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar, Media sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” shular jumlasidan.

Bundan tashqari, Fuqarolarning vizasiz qatnovlari toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi, “Ye-permit” ruxsatnoma blanklarini elektron almashish axborot tizimini joriy qilish, oila va bolalarni muhofaza qilish, oziq-ovqat xavfsizligi borasida hamkorlik qilish boʻyicha kelishuvlarga erishildi hamda Xavfsizlik kengashlari kotibiyatlari oʻrtasidagi, kiberxavfsizlik sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandumlar imzolandi.

Ushbu hujjatlar Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi munosabatlarning bir qator istiqbolli yoʻnalishlarida amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.

1 Izoh

Sarvar

20:08 / 23.08.2023

Qardosh xalqlar o'rtasida albatta vizasiz rejim bo'lishi kerak. Turkiy tilli xalqlarning yaqinlashuvu bu juda yaxshi.

Izoh qoldirish

//