Jamiyat
Saida Mirziyoyeva maktab taʼlimidagi muammolarga toʻxtaldi. Bundan tashqari 5–11-sinflar uchun darsliklar yaratish ishlari boshlanganini maʼlum qildi.
“Taʼlim sohasida qiladigan ishlar ham, yillar davomida yechimini kutib charchagan muammolar ham, oddiy ichimlik suvidan tortib, isitish moslamalariyu, sanitar sharoitlari yoʻq maktablar qancha. Afsuski, maktablar qurilishi yangi tugʻilayotgan bolalarga yetib ulgurmayapti. Hozirda 1 million 200 ming oʻquvchi oʻrniga ehtiyoj bor.
⠀
Oʻtgan 7 yilda 5 140 ta maktabda qurilish-taʼmirlash ishlari olib borildi. Oʻqituvchilarning oylik maoshlari koʻtarildi. Millatimiz paxta qulligidan ozod etildi. Oʻqituvchilarni maktabga qaytarish Prezidentimizning armoni va orzusi edi. Bugun oʻqituvchi darsda”, deydi u.
Qayd etilishicha, endi ularga tajriba, bilim va oʻqitish uchun dasturlar, metodika va darsliklar kerak.
“Bu yil boshlangʻich sinf oʻquvchilarining darsliklari tubdan yangilanyapti. Hozirda 5–11 sinflar uchun darsliklar yaratish ishlari boshlandi.
⠀
Shu bilan birga yangi metodika asosida Toshkentda 300 nafar ilgʻor pedagog oʻz malakasini oshirdi”, deya yozgan Saida Mirziyoyeva.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q