Jamiyat
4-sentabrdan metro bekatlariga yaqin 31 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti maʼlum qilindi.
Toshkent shahar metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlandi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maʼlum qilishicha, 2023-yil 4-sentabrdan yuqoridagi 31 ta oliy taʼlim maskani talabalari oʻzgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.

Eslatib oʻtamiz, Prezident Farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2-sentabr — shanba qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilanganligi sababli 1 – 3-sentabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi. Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha davlat oliy va professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda yangi — 2023/2024-oʻquv yili 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanadi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
111886
Jamiyat
94686
Jamiyat
90683
Jamiyat
75383
Jamiyat
//
Izoh yo‘q