Parijda Abu Rayhon Beruniy tavalludiga bag'ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi

Saqlash
21:08 / 22.08.2023 1279 0

2023-yilning 4–8-sentabr kunlari UNESKO qarorgohi Parijda “Abu Rayhon Beruniy. Geografik va intellektual sayohatlar” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi. Loyiha buyuk alloma va mutafakkir tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan uyushtiriligan. Ko‘rgazma O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar badiiy namoyishning vizual qismi, multimedia qurilmalari hamda taqdim etilgan nodir qo‘lyozmalar nusxalari sharofati bilan Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ilmiy faoliyatiga oid tafsilotlarga oshno bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ko‘rgazmaning ochilishi doirasida Alibek Kabdurahmonov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy simfonik orkestri konserti bo‘lib o‘tadi. Xalqaro jamoatchilik e’tiboriga Dmitriy Yanov-Yanovskiy bastalagan “Zij – Burjlar taronasi” asarining jahon premyerasi havola etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish