Avtobuslarda yoʻlovchilarni kechasi shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarda tashishga ruxsat beriladi

Saqlash
20:50 / 22.08.2023 1078 0

“Transport vositalarida tashishda harakat xavfsizligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, avtobuslarda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qilish qurilmalari boʻlganda yoʻlovchilarni tunda shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro muntazam yoʻnalishlarda ichki ishlar organlari hamrohligisiz tashishga ruxsat beriladi.

2024-yil 1-yanvardan:

shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro yoʻlovchi tashuvchi avtotransportlar haydovchilarining ish vaqti tabellar, yoʻl varaqlari, chiptani hisobga olish varaqlari taxograf koʻrsatkichiga asosan hisobga olinadi;

mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishini nazorat qiluvchi inspektorlar zarur qurilmalar bilan taʼminlanadi.

Qarorga koʻra, muntazam yoʻnalishlarda yoʻlovchi tashish qoidalarini buzganlik, mehnat va dam olish rejimiga rioya etmaslik holatlari yuzasidan Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari tomonidan bayonnoma tuzish va maʼmuriy javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Qaror bilan shuningdek, quyidagi tartiblar joriy etiladi:

sochiluvchan (qadoqlanmagan) qurilish materiallari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, qurilish va maishiy chiqindilarni, shuningdek, boshqa toʻkiladigan (issiq asfalt, yirik gabaritli va ogʻir yuklardan tashqari) yuklarni N, O3 va O4 toifadagi bortli va oʻzi agʻdaruvchi avtotransportlarda majburiy tartibda brezent yoki polivinilxlorid qoplamali materiallardan tayyorlangan tent bilan bort sathidan oshirmasdan va bortga mustahkam qotirilib, yuza qismi toʻliq yopilgan tarzda tashish;

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning 2023-yil 10-sentyabrdan temir yoʻl transportida mahalliy yuklarni (tosh koʻmir, qoʻngʻir koʻmir, koks, maʼdan va maʼdan konsentratlari) ichki yoʻnalishlarda ochiq turdagi vagonlarda bortidan oshirib yuklanganda, yukni tashishda brezent yoki polivinilxlorid qoplamali materiallardan tayyorlangan tent bilan qoplangan holda tashish.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//