Oʻzbekistondan Ukrainaga insonparvarlik yordami yuborildi

Saqlash
01:52 / 22.08.2023 1329 0

18-avgust kuni Ukraina-Oʻzbekiston xalqaro doʻstligi jamiyati raisi Lyubomir Bashinskiy Oʻzbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlari va biznes vakillari tomonidan yigʻilgan 10,5 tonna gumanitar yukni qabul qilib oldi. Bu haqda Ukrainaning Toshkentdagi elchisi Nikolay Doroshenko maʼlum qildi.

Ukrainaga jami 785 844 grivna (21,3 ming dollar) qiymatga ega qishki, sport, ayollar va bolalar poyabzallari, bolalar uchun trikotaj mahsulotlari joʻnatilgan. Shuningdek, jami 157 771 grivna (taxminan 4280 dollar) qiymatga ega tibbiy shpris, tibbiy paxta va infuzion tizimlar yuborilgan.

 



Insonparvarlik yordami Lviv viloyatining Drohobich tumani maʼmuriyati, Ijtimoiy siyosat boshqarmasi va Lviv viloyati maxsus tibbiy yordam boʻyicha kengashiga berilgan.

Elchi Nikolay Doroshenko insonparvarlik aksiyasi ishtirokchilariga va janob Bashinskiyga minnatdorchilik bildirgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//