Oʻzbekistonda hafta davomida issiq havo kuzatiladi

Saqlash
22:08 / 21.08.2023 1342 0

21−25-avgust kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Bu haqda Oʻzgidromet matbuot xizmati xabar berdi.

 

Faqat dushanba kuni kunduzi respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlarida baʼzi joylarda va 22−24-avgust kunlari ayrim togʻli hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Harorat asosan kechalari +18…+23 daraja, kunduzi 21-avgustda +34…+39 daraja, 22−23-avgustda +32…+37 daraja, 24−25-avgustda +34…+39 daraja boʻladi.

Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy hududlariga 25-avgust kuni Volgaboʻyi hududlaridan salqin havo massasi tarqala boshlaydi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat +30…+35 darajagacha pasayadi.

20-avgustda shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda havo kam bulutli boʻladi. Kunduzgi harorat 25-avgustda +37…+39 daraja, 22−25-avgustda +34…+37 daraja boʻladi. Harorat kechalari +19…+22 daraja atrofida boʻladi. Shamol sharqdan birozdan oʻrtachagacha esadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 248
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 57
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 92
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//