Jamiyat
Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi.
Toshkent – Budapesht yoʻnalishida amalga oshirilgan ilk parvozda yoʻlovchilar bilan bir qatorda Oʻzbekiston aviatsiya maʼmuriyati vakillaridan iborat delegatsiya Vengriyaga tashrif buyurdi.
Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda ilk reys tantanali ravishda kutib olindi. Tashrif davomida Vengriya fuqaro aviatsiya boshqarmasi bosh direktori Mate Louinger bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent – Budapesht oʻrtasidagi muntazam aviaqatnovlar “Qanot sharq” aviakompaniyasi tomonidan haftada bir marotaba amalga oshiriladi. Reyslar Airbus A-320 havo kemasida bajariladi.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112437
Jamiyat
95098
Jamiyat
91321
Jamiyat
76015
Jamiyat
//
Izoh yo‘q