Siyosat
Budapesht shahrida oʻtayotgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov bilan suhbatlashdi.
Ikki tomonlama amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, yetakchilar jahon chempionatining erkaklar oʻrtasida 100 metr masofaga yugurish boʻyicha final bahsini tomosha qildilar.
Yengil atletika boʻyicha XIX jahon chempionati Budapesht shahrining Yengil atletika milliy markazida 2023-yil 19-avgust kuni boshlangan boʻlib, 27-avgustgacha davom etadi. Medallar sportning 49 turi boʻyicha, shu jumladan erkaklar va ayollar oʻrtasida 24 tadan yoʻnalishda hamda aralash estafetada oʻynalmoqda. Musobaqalarda 190 dan ziyod mamlakatdan 2 ming nafardan ortiq sportchi qatnashmoqda.
Chempionatda Oʻzbekistondan 5 nafar atletimiz sportning balandlikka sakrash, uch xatlab sakrash, uzunlikka sakrash, yettikurash va marafon kabi turlarida kuch sinashmoqda.
Gʻoliblar hamda olimpiya normativlarini bajargan sportchilar 2024-yilda Parij shahrida boʻlib oʻtadigan Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q