Siyosat
Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi binosida akademik Oqil Salimovning “Yangi O‘zbekiston davlati” kitobi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tayyorlangan “Yangi O‘zbekiston” plakatlar to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan anjumanda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, akademik Akmal Saidov, Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, Milliy media assosiatsiyasi raisi Sherzodxon Qo‘dratxo‘ja va boshqalar so‘zga chiqib, xalqimizda islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish uchun bunday kitob va plakatlarga katta ehtiyoj borligini ta’kidlashdi.
– “Yangi O‘zbekiston davlati” kitobi keyingi yillarda mamlakatimizda kechayotgan izchil islohotlar mazmun-mohiyatini ochib berishga bag‘ishlangan bo‘lsa, 12 ta plakatdan iborat to‘plamda esa kundan-kunga taraqqiy etib borayotgan Vatanimizning yangicha qiyofasini namoyish etish maqsad qilingan. Shu ma’noda ikki ijodiy ish o‘zaro hamohang bo‘lib, bir-birini har tomonlama to‘ldiradi, – dedi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q