Jamiyat
Oʻzbekistonda safarbarlik chaqiruv rezervining (1 oylik harbiy xizmat) toʻlov badali mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 7 barobariga (6 mln 860 ming soʻm) teng. Bu haqda 18-avgust kuni AOKAda oʻtkazilgan brifingda Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Otabek Yoʻldoshev maʼlum qildi.
Toʻlov badalini 1 yil davomida boʻlib toʻlash ham mumkin.
“Prezident qaroriga asosan, Oʻzbekiston fuqarolarining safarbarlik chaqiruv rezervining toʻlov badali mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 7 barobari (6 mln 860 ming soʻm) etib belgilangan. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi qaroriga muvofiq, safarbarlik chaqiruv rezervi safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallari xizmatga olingandan keyin tomonlarning kelishuviga koʻra, 1 yil mobaynida biryoʻla toʻliq hajmda yoxud bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin”, — dedi Otabek Yoʻldoshev.
Maʼlumot uchun, ayni paytda Oʻzbekistonda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 980 000 soʻm.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
109713
Jamiyat
94094
Jamiyat
89877
Jamiyat
73070
Jamiyat
//
Izoh yo‘q