Dam olish kunlari Oʻzbekistonda ob-havo qanday boʻladi?

Saqlash
02:41 / 19.08.2023 2203 0

Juma va dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

 

Oʻzbekistonda hafta oʻrtasidan boshlab salqin havo chekina boshladi va harorat asta-sekin koʻtarildi.

 

18-avgust, juma kuni va 19−20-avgust — dam olish kunlari Oʻzbekiston boʻyicha harorat yana 1−2 darajaga koʻtariladi va kechalari +18…+20 daraja, kunduz kunlari +35…+37 daraja atrofida, shimolda, janubda va choʻl hududlarda +38…+39 darajagacha boʻladi.

 

Bunday harorat avgust oyi oʻrtasi uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlarga yaqin va eng issiq yillarda avgust oyida Oʻzbekiston hududi boʻyicha kuzatilgan haroratdan nisbatan past.

 

20-avgust kuni shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 243
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 56
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 91
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//