Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazmoqda. Tadbirda prezident sodda soliq maʼmurchiligi va byurokratiyasiz qulay muhit yaratish borasida muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
“Sizdek shijoatli, ishbilarmon, tashabbuskor va fidoyi tadbirkorlarimiz safi karra-karra kengayishidan barchamiz birdek manfaatdormiz.
Shu bois biz tadbirkorlarga soliq yukini koʻpaytirish emas, balki ularni qoʻllab-quvvatlash orqali soliq bazasini kengaytirish hisobiga byudjetga tushumlarni oshirish yoʻlidan borayapmiz.
Oʻtkazilgan soʻrovlarda 62 foiz tadbirkorlar soliq sohasidagi islohotlarni ijobiy baholagan.
Lekin biznes vakillari soliq tizimidan, soliqchilar faoliyatidan qanchalik rozi?
Murakkab soliq maʼmurchiligi, biznesga ortiqcha aralashish va tizimdagi korrupsiya holatlarining barchasidan xabarim bor”, dedi davlatimiz rahbari.
Soliq tizimi tubdan isloh qilinib, soliq idoralari xodimlarining yondashuvlari butunlay oʻzgartirilishi taʼkidlandi. Soliq maʼmurchiligi ham soddalashadi.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q