Ayrim mamlakatlar kabi neft-gazni sotish hisobiga yuqori iqtisodiy oʻsishni taʼminlay olmaymiz – Shavkat Mirziyoyev

Saqlash
00:55 / 19.08.2023 2311 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazmoqda. Tadbirda neft-gaz xususida soʻz yuritildi.

 

Prezident yangi bozorlarga sifatli va raqobatbardosh mahsulot bilan kirish masalasiga toʻxtaldi.

 

“Bir narsani toʻgʻri tushunish kerak. Biz ayrim mamlakatlar kabi neft-gaz resurslarini sotish hisobiga yuqori iqtisodiy oʻsishni taʼminlay olmaymiz.

 

Bizning “neftimiz” ham, “gazimiz” ham bu – siz kabi tashabbuskor va ishbilarmon tadbirkorlar xom ashyodan yaratayotgan yuqori qiymatli va sifatli mahsulotlardir”, dedi davlatimiz rahbari.

 

Mahsulotlar tashqi bozorlarda sifatli, talabgorligi yuqori va raqobatbardosh boʻlishi uchun ishlab chiqarishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqib, keskin oʻsish qilish zarurligi taʼkidlandi.

 

Xalqaro maydondagi vaziyat hisobiga logistika xarajatlari 3-4 baravar oshib ketganini hisobga olib, davlat eksportchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlashni izchil davom ettiradi. Ular uchun moliyaviy imkoniyatlar yanada kengaytiriladi.

 

Logistika xarajatlarini kompensatsiya qilishga qoʻshimcha 100 million dollar yoʻnaltiriladi. Shuningdek, mahsulotlarni xorijda sertifikatlash, xalqaro standartlarni joriy qilish va bu borada mutaxassis tayyorlashga yana 25 million dollar ajratiladi.

 

“Yangi Oʻzbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi joriy yilda ham davom ettiriladi va dastur bilan qamrab olinadigan korxonalar soni 500 taga yetkaziladi. Ular uchun dasturdagi barcha imtiyozlar davom ettiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 248
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 57
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 92
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//