Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazmoqda. Tadbirda davlat rahbari kichik biznesga yangi imkoniyatlar yaratish muhimligini taʼkidladi.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda mikro-biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha katta amaliy ishlar qilindi. Natijada bugun har bir mahallada kamida 40-50 nafar yangi tadbirkorlar paydo boʻlib, minglab doimiy ish oʻrinlari yaratilmoqda.
Lekin kichik biznesni manzilli qoʻllab-quvvatlash, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish borasida qulay muhit hali toʻliq shakllanib ulgurmadi, dedi davlat rahbari.
Kichik tadbirkorlar “oyoqqa turib olishi” va faoliyatini kengaytirishi uchun mutlaqo yangi yondashuvlar joriy qilinadi.
Bunda, ushbu soha vakillarini tadbirkorlikka oʻqitish, ularga loyiha qilib berish, faoliyatini moliyalashtirish, mahsulotlariga bozor va biznesiga sheriklar topish boʻyicha yaxlit eko-tizim yaratiladi.
Buning uchun, eng avvalo, “Qishloq qurilish bank” “Biznesni rivojlantirish banki”ga aylantiriladi. Ushbu yangi bankning faoliyati ham, ishlash uslubi va moliyalashtirish mexanizmlari ham yangicha boʻladi.
Jumladan, bank huzurida har bir hududda jami 14 ta kichik biznes markazlari tashkil etiladi. Markazlar tashabbuskorlarning biznes loyihalarini ishlab chiqishga koʻmaklashadi, oʻz hisobidan yangi loyiha qilmoqchi boʻlgan tadbirkorlarni oʻqitadi, yangi loyihalarga zarur mutaxassislarni jalb qiladi, tadbirkorlar uchun buxgalteriya, soliq, audit, marketing, huquqiy va boshqa konsalting xizmatlarini koʻrsatadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q