
Jamiyat
Maktabgacha taʼlim vazirligida jurnalistlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda tizimda uchrayotgan korrupsiya holatlari bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.
“Oyina.uz” muxbiri Inobat Ahatovaning xabar berishicha, muloqotda jurnalistlar bogʻcha xodimlari, ayniqsa, oshpazlarning maoshi kamligi, vazirlik mutasaddilari bu borada qanday takliflarni ilgari surayotgani, yaqin kelajakda qanaqa oʻzgarishlar kutilayotgani bilan qiziqqan.
Savolga javob berishga taraddudlangan maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari Nodir Muslitdinov asosiy masala qolib, negadir oziq-ovqatlar sifati haqida uzoq vaqt toʻxtalib, oxiri maosh mavzusida ikki ogʻizgina gapirib oʻtdi.
– Hozirgi kunda biz tegishli hisob-kitoblarni tayyorlaganmiz, Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqyapmiz. 2022-yilda bu borada oʻzgarish boʻlishini kutamiz, – degan noaniq javob jurnalistlarni qoniqtirmadi.
OAV xodimlari mutasaddining javobi yetarli boʻlmagani, bu borada vazirlik qanday aniq takliflar berganini qayta soʻradi.
– Men hozir siz xohlagandek ayta olmayman, maʼlumotlarim qoʻlimda emas, toʻgʻri tushuning. Biz yuqoriga xodimlarning maoshini oshirish haqida taklif kiritganmiz. Toʻgʻri tushuninglar, bu faqat bizning vazirlik miqyosida hal etiladigan masala emas, lekin taklif berganmiz, hisob-kitob qilingan. Taklifda 3 ta variant bor, har xil etapda, har xil miqdorda oshirish nazarda tutilyapti. Aynan qaysi taklif maʼqullanishi bizga ham qorongʻi, – deya qoʻshimcha izoh berdi Nodir Muslitdinov.
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q