Zoir Mirzayev Qibray tumani hokimi oʻrinbosarlari, hokimlikning barcha mutaxassislarini vazifasidan ozod qildi

Saqlash
22:30 / 18.08.2023 2063 1

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Qibray tumani hokimi oʻrinbosarlari, hokimlikning boshqa barcha mutaxassislari vazifasidan ozod qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 17-avgust kuni boʻlib oʻtgan Qibray tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Zoir Mirzayev Qibray tumani hokimining oʻrinbosarlari, hokimlikning boshqa barcha mutaxassislari boshlab vazifasidan ozod qilinishi, ularning faoliyatiga huquqiy baho berilib, “toza” chiqsa, keyin ishini davom ettirishini maʼlum qilgan.

Shuningdek, Qibray tumanidagi huquq-tartibot idoralaridan tashqari barcha davlat tashkilotlarining rahbarlari ham lavozimidan ozod qilindi. Ularning faoliyatiga ham bir hafta ichida baho beriladi.

 

“Kadrlar bilan ishlashning “Qibray tajribasi” joriy qilinadi. Boʻshagan oʻrinlarga, tuman tashkilotlariga tanlov asosida yoppasiga yoshlar ishga olinadi. Qibrayga shu tariqa “yangi qon” quyilmasa boʻlmaydi”, degan Zoir Mirzayev.

1 Izoh

Odilova Tursunoy

18:08 / 20.08.2023

Juda yaxshi boʻldi oʻzim 2020-2021yillarda tuman hokimiyatiga 1yil mobaynida 1haftada 3martalab bordim lekin natija boʻmadi quruq vada bilan mana 2yil oʻtdi bizaga berilgan 6soʻtixlik yer na qarori na oʻzini topib erishilmadi vaholanki u yer 2017yilda berilgan lekin qogʻozda bor oʻzimiz bilimimiz sotvorishganmi

Izoh qoldirish

//