Jamiyat
Ukrainadan dam olish va reabilitatsiya uchun 45 nafar bola Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Ukrainaning Oʻzbekistondagi elchisi Mikola Doroshenko maʼlum qildi.
Ushbu loyiha mamlakatning Toshkentdagi elchixonasi tashabbusi bilan oʻzbek ishbilarmonlari va jamoat tashkilotlari vakillari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan.
.jpg)
“Ukraina elchixonasining bolalarga psixologik muvozanatni tiklash, Ukraina shaharlariga har kungi havo signallari va raketa hujumlarini unutishga yordam berish haqidagi murojaatini qoʻllab-quvvatlagan Oʻzbekiston biznes va jamoat tashkilotlari vakillariga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman”, deb yozgan Mikola Doroshenko.
Elchiga koʻra, bolalar Ukrainaning janglar davom etayotgan turli hududlaridan, jumladan, Xerson, Kiyev, Xarkov, Mikolayev, Zaporijjya, Sum kabi viloyatlaridan keltirilgan.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111044
Jamiyat
94512
Jamiyat
90454
Jamiyat
74515
Jamiyat
//
Izoh yo‘q