Furqat Rahimov lavozimidan ozod etildi

Saqlash
02:28 / 18.08.2023 2289 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan Furqat Jalolovich Rahimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati tahliliy materiallarni tayyorlash va Administratsiya boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻbasi mudiri lavozimidan ozod etildi.

Furqat Rahimov 2017 yil 21 avgustdan 2019 yil 23 maygacha Samarqand shahri hokimi lavozimida ishlagan.

2019 yil 23 maydan 2020 yil 27 maygacha esa Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.

2020 yildan 2022 yilgacha Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudiri bo‘lgan.

2022 yil 1 noyabrdan boshlab Prezident Administratsiyasining Tahliliy materiallar tayyorlash va bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘’basi mudiri lavozimiga tayinlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//