Iqtisod
Toshkent shahrida 2022-yil iyul oyiga nisbatan uy-joylarning oʻrtacha narxi 30,9 foizga oshdi, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining iyul oyidagi koʻchmas mulk bozori boʻyicha maʼlumotida.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston koʻchmas mulk bozorida vaziyat barqaror, bitimlar oʻsishda davom etmoqda. Uy-joy ijarasi segmentidagi umumiy faollik pasayishni sekinlashtirdi. Ehtimol, avgust-sentyabr oylarida mavjud talab talabalar toifasi bilan toʻldiriladi, bu esa ushbu segmentga qiziqishni oshiradi.
Iyul davomida koʻchmas mulkni oldi-sotdi bitimlari soni deyarli 25 mingni tashkil etdi va bir oy oldingiga nisbatan 5,5 foizga koʻp boʻldi. Eng katta oʻsish Andijon (19,5 foiz), Sirdaryo (16,8 foiz) va Jizzax (16,5 foiz) viloyatlarida qayd etildi. Oʻtgan yilning iyul oyiga nisbatan uy-joy savdosi 22,7 foizga oshdi. Eng yuqori oʻsish surʼatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi (96 foiz), Buxoro (48 foiz) va Sirdaryo (35 foiz) viloyatlarida qayd etildi.
Iyul oyida Toshkentda kvartiralarni ijaraga berish narxining pasayishi sezilarli darajada sekinlashdi. Iyun oyida ijara bozori 2,4 foizga pasaygan boʻlsa, iyul oyida bu pasayish 0,7 foizni tashkil etdi va 1 kvadrat metr uchun 8,7 dollardan oshmadi.
1 kvadrat metr uchun uy-joy ijarasining eng yuqori narxlari Mirobod (11,7 dollar), Yakkasaroy (10,7 dollar) va Shayxontohur tumanlarida (10,5 dollar) kuzatilgan. Eng past narxlar Uchtepa (7,1 dollar), Sergeli (6,4 dollar) va Bektemir (5,6) tumanlari boʻlib turibdi.
Toshkentda oʻrtacha ijara narxi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 7,7 foizga oshgan boʻlsa-da, yil boshidan buyon oʻrtacha ijara narxi deyarli 15 foizga kamaygan.
Iyul oyida ikkilamchi koʻchmas mulk bozorida uy-joy narxining oʻsishi davom etdi. Kvadrat metr uchun oʻrtacha narxi iyun oyida 0,8 foizga oshgan boʻlsa, iyulda 1,8 foizga yetdi.
Ikkilamchi uy-joylarning oʻrtacha narxi 2023-yil boshidan buyon 13 foizga oshdi, eng katta oʻsish fevral oyida qayd etildi — 4,5 foiz. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan narxlar 23,3 foizga oshgan.
Poytaxtning ikkilamchi bozorida narxlar yil davomida 15,6 foizga oshdi. Fevral oyida ikkilamchi uy-joy narxining oʻsishi eng yuqori boʻlgan — 3,8 foiz, eng past koʻrsatkich iyun oyida qayd etilgan — 0,7 foiz.
Oy davomida Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joylarning oʻrtacha narxi 1,8 foizga oshdi. Narxlarning eng yuqori oʻsishi Shayxontohur (3,3 foiz), Yakkasaroy (2,9 foiz) va Bektemir (2,6 foiz) tumanlarida qayd etildi.
2022-yil iyul oyiga nisbatan Toshkent shahrida uy-joylarning oʻrtacha narxi 30,9 foizga oshdi. 2022-yilning mos davridan boshlab uy-joy narxining sezilarli oʻsishi Namangan shahrida (35,3 foiz), Toshkent viloyatida (32,3 foiz) va Toshkent shahrida (30,9 foiz) kuzatildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q