“Jarima maydonchasi” axborot tizimi ishlab chiqiladi

Saqlash
23:33 / 17.08.2023 906 0

Hukumat qarori ayrim normativ huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Shunga koʻra, 2024-yil 1-yanvardan:

qonun hujjatlari buzilganligi uchun vakolatli davlat organlari tomonidan ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ochiq tanlov asosida tanlab olinadi;

ushlangan transportlarni toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish, saqlash, hisobini yuritish va olib chiqib ketishga ruxsat berish “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;

transportlarni toʻxtash joylariga olib kelish (tashish) hamda saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlarning cheklangan miqdorlari joylardagi hokimliklar tomonidan belgilanadi.

“Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali, jumladan:

ushlangan, toʻxtash joylariga joylashtirilgan va olib chiqishga ruxsat berilgan transportlar roʻyxati yuritiladi;

transportlarni toʻxtash joylaridan olib chiqish uchun barcha toʻlovlar (jarima maydonchasi va huquqbuzarlik uchun jarimalar) elektron amalga oshiriladi.

Mazkur axborot tizimi 2023-yil 1-noyabrgacha ishlab chiqiladi.

Shuningdek, 2023-yil 1-dekabrgacha YHXXning yagona axborot tizimi ushlangan transportlarni saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarni ochiq tanlov asosida elektron tanlab olish imkoniyatini yaratish maqsadida takomillashtiriladi.

Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//