Jamiyat
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Siddiqova Sadoqat G‘afforovna Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori etib tayinlandi.
Sadoqat Siddiqova 1978-yil Navoiy viloyatida tugʻilgan.
U 1999-yilda Buxoro davlat universiteti (bakalavr), 2014-yilda Buxoro muhandislik-texnologiya institutining magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi – amaliy matematika va informatika, kasb ta’limi, kompyuter tarmoqlarining dasturiy ta’minoti. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
U o‘z mehnat faoliyatini 1999-yil Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejida o‘qituvchi sifatida boshlab, direktor o‘rinbosari, 2022–2023-yillarda Buxoro viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” Monomarkazi direktori, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Buxoro viloyati partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2018-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
S.Siddiqova ta’lim sifatini ta’minlash, raqamlashtirish sohasiga oid 40 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.
Tayinlovga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Professional ta’lim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q