Iqtisod
Pensiya jamgʻarmas Oʻzbekistondagi pensiya va nafaqalar miqdori haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra:
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 980 000 soʻm;
bazaviy hisoblash miqdori – 330 000 soʻm;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 347 000 soʻm;
yoshga doir eng kam pensiya – 677 000 soʻm;
nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 747 000 soʻm;
mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 747 000 soʻm;
belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (677 000 soʻmdan) 747 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 747 000 soʻm;
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 568 000 soʻm;
ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – 568 000 soʻm;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 568 000 soʻm;
boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori — oyiga 568 000 soʻm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun — 198 000 soʻm;
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 568 000 soʻm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanadi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
109745
Jamiyat
94124
Jamiyat
89912
Jamiyat
73114
Jamiyat
//
Izoh yo‘q