 
                   
                    Madaniyat
Endilikda tarixiy madaniy meros obyektlari joylashgan koʻchalarga ogʻirligi 5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk mashinalari qoʻyilmaydi.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 14-avgustdagi “Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish qoidalariga madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishni kuchaytirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarorida belgilandi.
Shuningdek, hujjatda moddiy-madaniy meros koʻchmas mulk obyektlari hududida qattiq maishiy chiqindilarni vaqtinchalik toʻplash va saqlash joylari binolar fasadining transport hamda piyoda tranzit kommunikatsiyasi koʻrinmaydigan zonasida tashkil qilinishi kerakligi qayd etildi.
Bunda chiqindi tashish maxsus avtotransport vositalarining mazkur obyektlarga shikast yetkazmaslik choralari koʻriladi.
 
                  Siyosat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Siyosat
 
                  Madaniyat
 
                  Siyosat
 109661
             109661
          Jamiyat
 94044
             94044
          Jamiyat
 89824
             89824
          Jamiyat
 72980
             72980
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q