Jamiyat
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga koʻra, quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:
- “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;
-“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari“ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari“da turadigan talabalar; 1 va 2 guruh nogironligi boʻlgan talabalar;
- bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari; xalqaro va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;
-“Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” koʻrik tanlovlarining respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan talabalar;
oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinining respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar; talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar.
Shuningdek, talabalarni turar joy bilan taʼminlashning shaffof va samarali tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Unga koʻra, batafsil tushuntiriladigan boʻlsa, talabalar yotoqxonaga imtiyozli va umumiy roʻyxat mezonlari boʻyicha ketma-ketlikda navbat asosida joylashtiriladi.
Imtiyozli roʻyxatga quyidagi mezonlarning biriga mos keluvchi talabalar kiritiladi:
a) tegishli tasdiqlovchi maʼlumotlar asosida:
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila (ayol) farzandlari;
“Yoshlar daftari”ga kirgan, “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, chin yetimlar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;
1- va 2-guruh nogironligi boʻlgan talabalar;
xorijiy davlat fuqarosi boʻlgan talabalar;
b) oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) buyrugʻi asosida:
xalqaro va Vazirlik tomonidan oʻtkaziladigan respublika miqyosidagi fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan talabalar;
“Zakovat” intellektual oʻyinlari respublika bosqichi gʻoliblari;
“Yil talabasi” koʻrik-tanlovi respublika bosqichi gʻoliblari;
“Talabalar teatr studiyalari” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari;
talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar.
Umumiy roʻyxatga kiritiladigan talabalar quyidagi ketma-ketlik asosida talabalar turar joyiga joylashtiriladi:
bitta oilada bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan oila farzandlari;
kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar (kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar turar joyiga ehtiyoji bor talabalar toʻliq taʼminlanmasdan turib boshqa taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalarni turar joyga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi);
talaba qizlar (talabalar kontingentidan kelib chiqib oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) ushbu ustuvorlik ulushini belgilaydi);
bakalavr bosqichida tahsil olayotgan talabalar (bakalavr bosqichida tahsil olayotgan turar joyga ehtiyoji bor talabalar toʻliq talabalar turar joyiga joylashtirilmasdan, taʼlimning magistratura va doktorantura bosqichida tahsil olayotgan talabalarni turar joyga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi);
oliy taʼlim muassasasi joylashgan hududdan boshqa hududda doimiy yashovchi talabalar; ariza berilgan sanasi boʻyicha navbat asosida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q