Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Koson tuman 20-sonli maktab direktori oʻqituvchilarga majburan maktabni remont qildirayotgani haqida xabar tarqaldi.
Maʼlumotlarga koʻra, direktor oʻqituvchilarni maktab remontiga jalb qilishdan tashqari ulardan taʼmirlash ishlari uchun 50 ming soʻmdan pul yigʻdirib olgan.
Mazkur holat yuzasidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, Koson tumani 20-umumiy oʻrta taʼlim maktab direktori haqiqatdan ham oʻqituvchi va ishchi xodimlarni taʼmirlash ishlariga jalb qilgan.
Maktab direktoriga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 51-moddasi 2-qismiga asosan BHMning 100 (yuz) barobari, yaʼni 33 000 000 (oʻttiz uch million) soʻm miqdorida maʼmuriy jarima qoʻllanilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q