Iqtisod
“Paxta xomashyosini yetishtiruvchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash hamda hisobga olish muddatlarini muvofiqlashtirish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra:
2023-yil hosilidan paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan paxta xomashyosi toʻliq elektron tarozi orqali qabul qilinadi;
QQSni paxta xomashyosi boʻyicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatigacha toʻlash va hisobga olishga ruxsat etiladi;
2026-yil 1-aprelgacha paxta-toʻqimachilik klasterlari va qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xoʻjaliklari) oʻrtasidagi hisob-kitoblar hamda QQSni hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan paxta hosili uchun yakuniy hisob-kitoblar oʻz muddatida amalga oshirilmaganda, yuzaga kelgan soliq qarzdorligini QQS toʻlovchisi hisoblangan qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xoʻjaliklari)ga 3 oy muddatga teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi;
paxta-toʻqimachilik klasterlariga qabul qilib olingan paxta hosili uchun elektron hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan QQS summasini qishlok xoʻjaligi korxonalari (fermer xoʻjaliklari) tomonidan QQS byudjetga toʻlab berilganidan soʻng hisobga olishga ruxsat etiladi.
QQSni boʻlib-boʻlib toʻlash va hisobga olishning avtomatlashtirilgan dasturi ishga tushiriladi.
2023-yil 5-sentyabrgacha hududlar va klasterlar kesimida paxta xomashyosini yigʻib olish bilan bogʻliq maʼlumotlar shakllantiriladigan axborot tizimi ishga tushirilib, 2023-yil 15-sentyabrdan “Agroplatforma” axborot tizimiga integratsiya qilinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q