Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish faqat DXM va my.gov.uz orqali amalga oshiriladi

Saqlash
02:48 / 16.08.2023 1230 0

Hukumat qarori bilan Davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Qarorga koʻra:

davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish faqat davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Bunda talabalarga navbatni onlayn kuzatish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

talabalar bilan tuziladigan turar joy ijara shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) texnologiyasi orqali onlayn hisobga qoʻyiladi.

2023/2024 oʻquv yilida:

1-kurs talabalari uchun davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish davlat xizmati markazlari va my.gov.uz orqali bepul elektron ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Arizalar 20-avgustdan qabul qilinadi.

2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish anʼanaviy tarzda amalga oshiriladi. Bunda yotoqxonaga joylashish uchun ariza OTM talabalar turar joylariga joylashtirish komissiyasiga 2023-yil 25-avgustgacha topshiriladi.

2024/2025 oʻquv yilidan barcha kurs talabalari uchun davlat OTM yotoqxonasiga joylashish onlayn amalga oshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//