Radarlar 5 tadan ortiq qoidabuzarlikni aniqlashda xato qilsa unga boʻlgan mulk huquqi bekor boʻladi

Saqlash
02:43 / 16.08.2023 1406 0

Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 21-apreldagi 232-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarorga ko‘ra, endilikda kuzatuv kameralari orqali avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yuborilgan ma’lumotlardagi xatoliklarning umumiy soni besh va undan ortiq miqdorni tashkil etsa, tadbirkorlik sub’ektining ob’ektga bo‘lgan mulk huquqi sud orqali bekor qilinadi.

 

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganini aniqlaydigan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish va ishga tushirish muddati 60 kundan 180 kunga uzaytiriladi.

 

Yo‘l harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasi taqsimlanishida tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan imtiyozli davr 1 yildan 2 yilga uzaytiriladi.


Oyina.uz'ni Telegramda kuzating!
 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//