Iqtisod
Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Fuqarolar uchun byudjet” nashrining 2022-yilgi byudjet ijrosiga bagʻishlangan sonida Oʻzbekistonning yil davomida eng koʻp soliq toʻlagan kompaniyalari boʻyicha maʼlumot berdi.
2022-yilda ushbu kompaniyalarning davlat byudjeti daromadlaridagi ulushi 36,44 foizni tashkil etishi prognoz qilingan edi. Yil yakuniga kelib esa ularning hissasiga soliq tushumlarining 33,1 foizi toʻgʻri kelgan.
Unga koʻra, Navoiy va Olmalik kon-metallurgiya kombinatlariga davlat byudjeti soliq tushumlarining mos ravishda 16,3 va 8,6 foizi toʻgʻri kelgan. Toʻliq roʻyxat quyidagicha:
Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) — 16,3%
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (AGMK) — 8,6%
“Oʻzbekneftgaz” AJ — 2.2%
“Oʻztransgaz” AJ — 1,4%
“Hududgaztaʼminot” AJ — 1,2%
“Uzbat” AJ — 1,1%
AJ “Oʻzavtosanoat” — 0,7%
“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ — 0,6%
“Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ QK — 0,5%
“Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ — 0,5%
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023-yilda eng koʻp soliq toʻlashi kutilayotgan 10 ta eng yirik korxona boʻyicha maʼlumot bergandi. Ushbu kompaniyalar 2023-yilda davlat byudjeti daromadlarining 31,2 foizini taʼminlashi prognoz qilinmoqda. Ularning roʻyxati quyidagicha:
Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) — 14,8%
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (AGMK) — 8,1%
“Oʻzbekneftgaz” AJ — 1,8%
“Oʻztransgaz” AJ — 1,7%
“Hududgaztaʼminot” AJ — 1,2%
“Uzbat” AJ — 1,1%
AJ “Oʻzavtosanoat” — 0,9%
“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ — 0,6%
“«Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ QK — 0,6%
“Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ — 0,4%
Shunday qilib, 2023-yilgi davlat byudjeti 2018-yilga nisbatan yirik davlat kompaniyalariga koʻproq qaram boʻlib qoldi. 2022-yilda NKMK va OKMK ulushi mos ravishda 17,82 foiz va 9,4 foiz, 2021-yilda 20,1 foiz va 6,4 foiz, 2020-yilda 13,5 foiz va 4,6 foiz, 2019-yilda 6,8 foiz va 3,6 foizni tashkil etgandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q