Iqtisod
Chevrolet Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillarining qoʻshimcha partiyasi boʻyicha shartnomalar toʻliq toʻlandi.
4-avgust kuni soat 17:30 da kompaniya avtomobillar uchun shartnomalar chiqarish qayta tiklangani va yangi konfiguratsiyalar joriy etilganini, 5-avgust kuni soat 15:57 da esa 2023-yil uchun qoʻshimcha partiyaga toʻliq shartnoma tuzilganini maʼlum qildi.
Bir sutkadan kamroq vaqt ichida ushbu transport vositalarini xarid qilish boʻyicha 50 mingdan ortiq shartnoma tuzildi. Koʻpgina avtosalonlarda ushbu mashinalarni sotib olish boʻyicha shartnoma tuzish uchun uzun navbatlar paydo boʻldi.
Qayd etilishicha, shartnomalarning bir qismi boʻyicha toʻlov 7 kalendar kundan keyin amalga oshirilmasa, ushbu shartnomalar yana qayta kontraktatsiya uchun ochiq boʻladi. Biroq shartnomalar toʻliq toʻlangan. 4-avgust kunidan boshlab deyarli 51 000 ga yaqin Chevrolet Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnomalarga toʻlov amalga oshirilgan. Bu UzAuto Motors zavodlarining 2023-yil oxirigacha ishlab chiqarish rejasi bilan muvofiq.
“Kompaniya ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq savdo tizimini joriy etgani sabab, tuzilgan shartnomalar boʻyicha barcha avtomobillar 2023-yilda oʻz egalariga topshiriladi. Keyinchalik bu muddat 3 oydan oshmaydi”, deyiladi xabarda.
Kutish vaqtini uzayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun 2024-yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar kontraktatsiyasi haqida keyinroq kompaniya rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.
Cobalt, Lacetti va Damas uchun shartnomalar berish bir kunda toʻxtatilganidan soʻng internetda ushbu avtomobillar boʻyicha shartnomalarni sotish toʻgʻrisidagi eʼlonlar paydo boʻldi. UzAuto Motors bunday shartnomalarni xarid qilmaslikka chaqirdi. Olib-sotarlar uchun mashina berish vaqti 270 kungacha uzayishi mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q