Jamiyat
Bugun, 15-avgust kuni poytaxt Toshkentning Sergeli, Shayxontohur, Bektemir, Yangihayot va Uchtepa tumanlariga tabiiy gaz yetkazib berilishi vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, taʼmirlash ishlari tufayli quyidagi hududlarda gaz taʼminoti oʻchiriladi:
Sergeli tumanining “Madaniyat”, “Xalqobod”, “Birdamlik”, “Shukrona”, “Qoʻshqoʻrgʻon”, “Xonobodtepa”, “Nomdanak” mahallalarida soat 11:00 dan 16:00 gacha;
Shayxontohur tumanida joylashgan 3-sonli Markaziy issiqlik qozonxonasi, “Suzuk ota”, “Tinchlik”, “Ilgʻor”, “Jar-ariq”, “Koʻkcha”, “Islomobod”, “Yangi shahar”, “Obinazar”, “Katta xovuz”, “Oqlon” mahallalarida, “Samarqand Darvoza”da ikkita 12-qavatli uy hamda 1 ta 9 qavatli uyda;
Bektemir tumanining “Oltintopgan” mahallasida soat 10:00 dan 18:00 gacha;
Yangihayot tumanining “Choshtepa” mahallasida soat 15:00 dan 18:00 gacha;
Uchtepa tumanining “Bogʻichinor”, “Istirohat”, “Shaftolizor” mahallalarida gaz boʻlmaydi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
111043
Jamiyat
94511
Jamiyat
90453
Jamiyat
74513
Jamiyat
//
Izoh yo‘q