Jamiyat
Zoʼr TV muxbiri Nurzodbek Vohidov va operator Sardorbek Yoʻldoshev 14-avgust kuni Toshkent aeroporti yaqinida qurilayotgan yoʻl oʻtkazgichning beshta toʻsini qulagani haqidagi reportajni tasvirga olmoqchi boʻlganida kaltaklandi. Jurnalistlar, jamoatchilik voqeaga keskin munosabat bildirdi.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” holat yuzasidan maʼlumot berdi.
“OAV vakillariga zoʻravonlik koʻrsatib, ularga qarshi kuch ishlatgan xodim — ”Koʻprikqurilish“ tresti unitar korxonasi 67-Koʻprikqurilish otryadi ish boshqaruvchisi N.Eshniyazovning ishini keskin qoralaydi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan zudlik bilan ishchi guruh tuzilib, bugunning oʻzida N.Eshniyazov Mehnat kodeksining tegishli bandlariga asosan ishdan boʻshatilgan. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ rahbariyati holat yuzasidan huquq-tartibot organlari qonunchilik normalariga asosan tegishli choralar koʻrishini qoʻllab-quvvatlaydi.
IIV ham rasmiy bayonot berdi va jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Zoʼr TV teleradiokompaniyasi xodimlariga tan jarohati yetkazilganligi holati yuzasidan IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q