Jamiyat
2023/2024 oʻquv yilidan tibbiyot oliy taʼlim muassasalari hamda Abu Ali bin Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarida tahsil oluvchi, xorijiy tillarni yaxshi oʻzlashtirgan talabalar ragʻbatlantirib boriladi.
Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 11-avgustdagi tegishli buyrugʻi qabul qilindi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, tibbiyot oliy taʼlim muassasalari hamda Abu Ali bin Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarida taʼlim oluvchi, kamida 7,5 ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi xalqaro tan olingan sertifikatga (IELTS Academic) hamda nemis va fransuz tilini bilish darajasini belgilovchi S1 xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan talabalarga 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab, ularning sertifikati amal qilish davrida bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida har oylik stipendiya toʻlab borish tartibi joriy etiladi.
Mazkur stipendiya Prezidentimizning 2020-yil 7-apreldagi qarorining 4-bandida nazarda tutilgan tibbiyot oliy taʼlim muassasalari talabalariga beriladigan toʻlovga qoʻshimcha ravishda beriladi.
Buning uchun tibbiyot oliy taʼlim muassasalari rektorlari hamda Abu Ali bin Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari direktorlari tomonidan har chorakda ushbu stipendiyani olishga talabgor boʻlgan nomzodlar toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar vazirlikning Ilm-fan va taʼlim boshqarmasiga kiritib borishi belgilangan.
Maʼlumot oʻrnida, ayni paytda vazirlik tizimidagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining 9 tasida xorijiy tillarni bilish darajasi boʻyicha belgilangan mezonlarga mos 56 nafar talaba tahsil olmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q