O‘zbek shoirining Turkiyada 10 ming nusxada chop etilgan kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Saqlash
21:08 / 14.08.2023 1365 0

Nufuzli turk nashriyotlaridan biri “Baygenç Yayıncılığı”da taniqli jurnalist va shoir, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Olimjon O‘sarovning “Aşktan Bir Dünya Kuracağim” (Muhabbatdan Vatan quraman) nomli she’rlar to‘plami chop etilgan edi.

 

 

Kuni kecha Turkiyaning Alanya shahrida ushbu kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, taniqli shoirlar va yozuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

 

Tadbir Alaniya hokimi o‘rinbosari, yozuvchi Abdulla Akbash va Jurnalistlar jamiyati prezidenti Ferit Kesenlarning nutqi bilan boshlandi. “Baygenç Yayıncılığı” nashriyoti rahbari Arslan Bayir to‘plamda shoirning Vatan, istiqlol, muhabbat mavzusidagi eng sara sheʼrlari o‘rin olganini va u 10 000 nusxada chop etilganini taʼkidladi.

 

Shuningdek, taqdimotda tarixchi O‘guz Korum, yozuvchi va shoirlar – Ahmet Olgun, Zelixa Bashar Oner, Ayshegul Bilir O‘ruju, Garip Gorgulu, Ugur Sarigullar kitob haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi.

 

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Alanya shahri Turkiyaning O‘rta yer dengizi sohilidagi mashhur turistik markazi hisoblanadi, yoz faslining bu davrida ko‘plab shoir va yozuvchilar aynan Alanyada ijodiy ta’tilda bo‘lishadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish