Jamiyat
Onasi vafot etgach Rossiyada yolgʻiz qolib ketgan 9 yoshli qiz Oʻzbekistonga qaytarildi . Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
“Xorazmlik ayol voyaga yetmagan farzandi bilan joriy yilning iyun oyida ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasining Krasnodar oʻlkasiga boradi. Ona qishloq xoʻjaligi sohasida noqonuniy ishlash jarayonida ehtiyotsizligi va baxtsiz hodisa tufayli vafot etadi.
Marhum jasadi uning qarindoshlari tomonidan Oʻzbekistonga olib kelingan, ammo hujjatlardagi muammo sabab farzandi Rossiyada qolib ketadi.
Ushbu masalada qarindoshlarining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaati asosida Agentlikning Krasnodardagi vakili hamda Xorazm viloyati filiali hamkorligida vafot etgan fuqaroning 2014-yilda tugʻilgan farzandi G.B togʻasi X.B. hamrohligida Xorazm viloyati Gurlan tumaniga olib kelindi”, deyilgan xabarda.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
111043
Jamiyat
94511
Jamiyat
90453
Jamiyat
74514
Jamiyat
//
Izoh yo‘q