Lazgi baletining xalqaro yurishi boshlandi. Birinchi bekat – Dubay

Saqlash
09:11 / 29.11.2021 936 0

Kuni kecha Dubai Opera sahnasida "Lazgi – qalb va muhabbat raqsi" balet postanovkasining xalqaro premyerasi bo‘lib o‘tdi.

 

Spektaklda BAA Federal milliy kengashi spikeri Sakr Bin Gubash Said Gubash Janobi Oliylari, Dubay hukumati Mediaofisi Bosh direktori Mona Ganem Al Marri Janobi Oliyalari, BAA Ijtimoiy rivojlanish vaziri Hessa Bint Essa Buxumaid Janob Oliyalari qatnashdi.

 

Yurtimiz madaniyati xorijda qanchalik iliq, hayajon bilan qabul qilinayotganini ko‘rib, ruhlanib ketaman. Biz jahon jamoatchiligiga eng asl durdonalarimizni taqdim etar ekanmiz, ular butun dunyoning mulkiga aylanadi.

Baletning xalqaro gastrollari boshlanmoqda. Birinchi bekat – Dubai Opera. Uning zafarli yurish qilishiga ishonchim komil. Shubhasiz, bu mamlakatimiz san’atining salohiyatini kengaytirish, boy madaniyatini namoyon etish va O‘zbekiston imidjini yanada yuqori darajaga ko‘tarishga yordam beradi, deb yozmoqda Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva.

 

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri balet truppasi ijrosida xoreograf Raymond Rebek sahnalashtirgan spektakl premyerasi 5-sentyabr kuni UNESCO shafeligida Toshkentda bo‘lib o‘tgan va tomoshabinlar hayratiga hamda professional san’at hamjamiyatining yuksak bahosiga sazovor bo‘lgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish