Toshkentda yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini qulagani bo‘yicha jinoiy ish ochildi

Saqlash
18:52 / 14.08.2023 1140 0

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti yaqinida yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini qulab tushgandi. O‘zbekiston Transport prokuraturasi holat yuzasidan jinoiy ish ochilib, uch nafar mansabdor gumonlanuvchi sifatida ushlanganini ma’lum qildi.

 

12-avgust kuni Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi va Sodiq Tolipov ko‘chasiga chiqish va tushishga imkon beruvchi yo‘l o‘tkazgichni qayta qurish obyektida uzunligi 42 metrlik 5 dona balkalar qulab tushgan. Oqibatda 2 milliard 760 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

 

“Holat yuzasidan O‘zbekiston Transport prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 3 nafar mansabdor shaxs gumon qilinuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan”, — deyiladi xabarda.

 

Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//