Bugun Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo

Saqlash
18:49 / 14.08.2023 1185 0

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 14-avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi, kechqurun shamolning tezligi sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-16 daraja iliq, kunduzi 29-31 daraja issiq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 25-30 daraja iliq boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-toʻzonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq boʻladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-toʻzonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-toʻzonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-toʻzonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19, kunduzi 27-32 daraja iliq boʻladi.

 

Respublikamizning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, baʼzi tumanlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//