Koronavirusning tez tarqalayotgan yangi shtammi – “Eris” qay darajada xavfli?

Saqlash
01:20 / 12.08.2023 2257 0

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirus omikron shtammining yangi EG.5 “Eris” varianti dunyo bo‘ylab tez tarqalayotganini ma’lum qildi. JSST bergan ma’lumotlarga ko‘ra koronavirusning yangi varianti “global miqyosda” aholi uchun katta xavf tug‘dirmaydi.

 

EG.5 shtammi birinchi marta 17-fevralda qayd etilgan. Tashkilot press-relizida o‘sha vaqtdan beri kasallikka chalinish bo‘yicha “dunyo bo‘ylab xabar qilingan holatlar ulushi barqaror o‘sib bormoqda”, – deb tushuntirildi.



 

“2023-yil 19-iyulda bu virus kuzatuv ostidagi variant sifatida belgilandi”, – deydi JSST.

 

Ma’lum qilinishicha, “Eris” shtammi yo‘tal, burun oqishi, isitma, tomoq og‘rig‘i va ko‘krak qafasining siqilishi bilan namoyon bo‘ladi va ayni damda u qadar xavfli emas deb baholanmoqda.



Oyina.uz'ni Telegramda kuzating!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//