Jamiyat
Buxoro shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini koʻpaytirish orqali narx-navo barqarorligini taʼminlash hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan kafolatli taʼminlash masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi.
Qayd etilishicha, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha hududlarda koʻkalamzorlashtirish darajasini 30 foizga yetkazish boʻyicha katta dastur qabul qilingan. Buning uchun:
har bir viloyat bahor va kuz mavsumida 15 million tup daraxt koʻchatlari ekishi;
barcha shaharlar atrofida “yashil belbogʻ”lar tashkil qilish zarur.
Lekin ayrim rahbarlar bu ishlarni oʻz holiga tashlab qoʻygani tanqid qilindi. Masalan, koʻchatlar sugʻorish tizimi yoʻq hududlarga ekilgani sabab 10 million nihol nobud boʻlgan. Daraxt koʻchatlarini yoʻllar boʻyida ekish ishlari 33 ta tuman va shaharda umuman bajarilmagan.
Davltimiz rahbari oʻz hududida ekologik vaziyatni yaxshilash, aholiga qulay yashash va toza havo muhitini yaratish endilikda hokimlarning eng asosiy vazifalaridan biri boʻlishini taʼkidladi.
Barcha tizim va hudud rahbarlariga mahallalar, aholi punktlari, koʻp qavatli bino, hovlilarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha targʻibot ishlarini kuchaytirish topshirildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q